Bugun, 8 iyun kuni Italiya Respublikasi Prezidentining qarorgohi – Rim shahridagi Kvirinal saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.
Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul hamda otliq gvardiya askarlari saf tortdi. Kvirinal saroyining minorasida Italiya, O`zbekiston va Evropa Ittifoqi bayroqlari ko`tarildi.
Davlatimiz rahbarini Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella kutib oldi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.
Faxriy qorovul boshlig`i davlatimiz rahbariga raport berdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so`ng davlat rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.






