O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Italiya Respublikasiga tadbirlarga boy tarixiy tashrifi yakuniga etdi.
Davlatimiz rahbari Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan samarali muzokaralar o`tkazdi. Ikki mamlakat o`rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o`rnatish to`g`risida qo`shma deklarasiya qabul qilindi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun`yuy bilan ham uchrashuv bo`lib o`tdi.
Milan shahrida ishbilarmonlik tadbirlari o`tkazildi. Prezidentimiz Lombardiya gubernatori Attilio Fontanani qabul qildi, Italiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati o`tkazdi hamda to`qimachilik mashinasozligi ko`rgazmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Milanning “Malpense” aeroportida davlatimiz rahbarini Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Prezidentimiz Toshkentga jo`nab ketdi.