O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning Abay viloyatida sodir bo`lgan yirik o`rmon yong`inlari oqibatida insonlar halok bo`lgani va katta ziyon ko`rilgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqaevga va qardosh Qozog`iston xalqiga ta`ziya yo`lladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.