AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Si Szinpini 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Si Szinpini 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga uning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yo`lladi.

“Sizning bevosita rahbarligingizda do`st Xitoy xalqi so`nggi yillarda ulkan yutuq va olamshumul muvaffaqiyatlarga erishib kelmokda. Aholini kambag`allikdan chiqarish, qashshoqlikka barham berish, o`rtacha farovon jamiyat qurish jarayonlarini yakuniga etkazishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar samarali amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida ta`kidlashni istardimki, Sizning shaxsan e`tiboringiz tufayli O`zbekiston - Xitoy munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarilib bormoqda.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifim yakunlari hamda Sian shahrida bo`lib o`tgan “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti doirasidagi sermazmun muzokaralarimiz natijalari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo`shishi shubhasiz”, - deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.  

Prezidentimiz Si Szinpinni O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, g`oyatda mas`uliyatli va sharafli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa bardavom tinchlik-omonlik, fayzu baraka va farovonlik tiladi.

    Boshqa yangiliklar