Xo`jalik yurituvchi subektlarning 1,7 trln so`mlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabar bermoqda.
2023-yil 1-iyun holatiga:
- xo`jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorligi uchun qo`llanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi;
- ushbu jarimalarni undirish bilan bog`liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023 yil 1 iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
“Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag`batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik hamda qo`shimcha ish o`rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarorning qabul qilinishi natijasida:
▪️2144 ta xo`jalik yurituvchi subektlarga nisbatan qo`llanilgan jarima bo`yicha yuzaga kelgan 1,7 trln so`m miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi;
▪️1631 ta subektga 2,5 trln so`m miqdorida jarima qo`llash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar ko`rib chiqilishi to`xtatiladi;
▪️4170 ta subektga 5,5 trln so`m miqdorida jarima qo`llash yuzasidan ko`rilayotgan choralar to`xtatildi.