AsosiySiyosat

O`zbekiston-Qozog`iston chegarasini belgilashga oid shartnoma ratifikasiya qilindi

'O`zbekiston-Qozog`iston chegarasini belgilashga oid shartnoma ratifikasiya qilindi'ning rasmi

Prezident “O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o`rtasida O`zbekiston-Qozog`iston Davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi shartnomani ratifikasiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

Qayd etilishicha, bitim O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasini o`rnatish bo`yicha ishlarni yakunladi va chegara xavfsizligi va yaxlitligini ta`minlash uchun eng muhim shart-sharoitlarni yaratdi.

Hujjatning o`zi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokaev tomonidan 2022 yil 21 dekabr kuni mamlakatimizga davlat tashrifi chog`ida imzolangan edi.

Bitimga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasidagi Davlat chegarasining demarkasiyalangan chizig`ining uzunligi 2356 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar