AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev ShHT bosh kotibini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev ShHT bosh kotibini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishni kuzatish bo`yicha missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo`lib turgan ShHT bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi.

Bosh kotib davlatimiz rahbarini saylov muvaffaqiyatli o`tkazilgani va unda ishonchli g`alaba qozonilgani bilan samimiy qutladi.

ShHTga a`zo davlatlar o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda Tashkilotning 2022-2023 yillardagi Samarqand va Dehli sammitlarida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiyot, innovasiya va yuqori texnologiyalar, transport jihatidan o`zaro bog`liqlik, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, ekologiya va “yashil” texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida hamda ShHT doirasida xavfsizlikni ta`minlash borasidagi qo`shma dastur va loyihalarni ilgari surish muhimligi ta`kidlandi.

ShHTni modernizasiya qilish, Tashkilot tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, keng mintaqamizda o`zaro ishonch va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar