AsosiySiyosat

Qozog`iston va O`zbekiston davlat chegarasini demarkasiya qilish yakunladi

'Qozog`iston va O`zbekiston davlat chegarasini demarkasiya qilish yakunladi'ning rasmi

Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma`lum qildi, deb xabar berdi Zakon.kz

Aybek Smadiyarovning qo`shimcha qilishicha, tegishli kelishuv ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan va u ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikasiya qilingan.

«Ushbu kelishuvning kuchga kirishi Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha 19 yillik jarayon to`liq yakunlanganini anglatadi», — dedi Qozog`iston TIV rasmiy vakili.

 

Shuningdek, Qozog`iston TIV vakilining so`zlariga ko`ra, 2357 kilometrlik chegara 1301 chegara belgisi bilan belgilangan va bitta demarkasiya hujjatida aks ettirilgan, uning hajmi 8000 sahifadan oshadi.

    Boshqa yangiliklar