1

Shavkat Mirziyoev Jahon turizm tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Siyosat 12.07.2023, 19:20
Shavkat Mirziyoev Jahon turizm tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 12 iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Jahon turizm tashkiloti (YuNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

BMT tizimidagi ushbu etakchi sohaviy tashkilot bilan O`zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga turizm yo`nalishlarini ommalashtirish borasida keng ko`lamli hamkorlikni yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari va institutlari nomidan davlatimiz rahbarini bo`lib o`tgan Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabrikladi, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Turizm tarmog`ining joriy yildagi bosh xalqaro tadbiri – oktyabr oyida Samarqand shahrida bo`lajak YuNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish bo`yicha loyihalarni amalga oshirishga etakchi investorlar – taniqli xorijiy kompaniya va brendlarni jalb qilish masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda xalqaro imijni ilgari surish, ta`lim sohasi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida qo`shma chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi, jumladan, YuNVTO Xalqaro akademiyasi va mavzuli ofisi tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1