UzAuto Motors kompaniyasi so`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o`z mahsulotlarining turli "obzor"lari bilan to`qnashmoqda. Ularning aksariyati, asosan, Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga tegishli bo`lib, avtoservislar tomonidan tayyorlangan.
Ushbu modellar yangiligi tufayli aholiga katta qiziqish uyg`otishini tushungan holda, ular haqidagi "obzorlar"da, ehtiyot qismlar va zaruriy detallarning yo`qligi haqidagi shikoyatlar bilan bog`liq mavzu muhokama qilinadi, faqatgina ularning avtoservislarida ehtiyot qismlarni topish va avtomobilni ta`mirlash bilan bog`liq muammolarni hal qilish mumkinligi keltiriladi. Shu bilan birga, eng muhim jihat Chevrolet Onix va Tracker modellarining aksariyati hali ham ishlab chiqaruvchining kafolat muddatida ekanligi e`tibordan chetda qoladi.
Shu munosabat bilan, UzAuto Motors kompaniyasi barcha yangi avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatga ega ekanligi va faqat vakolatli servis markazlarida xizmat ko`rsatish kerakligini eslatadi.
UzAuto Motors tomonidan avtorizasiya qilingan servis xizmat ko`rsatish markazlarida to`g`ri va xavfsiz xizmat ko`rsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo`lib, kerakli detallar, sarf materiallari va jihozlar hamda malakali xodimlarga ega.
"Shuningdek, avtomobilga sertifikatlanmagan servis markazlarida texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash haqli ravishda avtomobilga ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan kafolatni yo`qotib, qo`shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkinligini eslatib o`tamiz.
Hurmatli avtomobil egalari, yangi avtomobilingizni norasmiy xizmat ko`rsatish markazlari ishonmang. Ishonchingiz komil bo`lsin, rasmiy markazlar sizga bozordan emas, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan original ehtiyot qismlar o`rnatilishini kafolatlaydi", - deyiladi kompaniya rasmiy munosabatida.






