Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, qariyb besh milliard odam yoki dunyo aholisining 60 foizdan sal ortig`i ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi.
Unda qayd etilishicha, 2022 yildan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 3,7foizga oshgan va butun internet auditoriyasi soniga (5,19 milliard kishi) yaqinlashgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda o`tkazadigan vaqti ham oshib, kuniga o`rtacha 2 soat 26 daqiqani tashkil qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 16-24 yoshdagi ayollar eng ko`p vaqt o`tkazsa, 55-64 yoshdagi erkaklar eng kam faollik ko`rsatmoqda.
O`rtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi ettita platformaga ulangan, ulardan eng ommaboplari WhatsApp, Instagram va Facebook.
Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda o`tkazadigan vaqti sezilarli darajada mintaqaga bog`liq.
Sharqiy va Markaziy Afrikada har 11kishidan faqat bittasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Hozir dunyoning eng ko`p aholisi bo`lgan Hindistonda bu ko`rsatkich har uch kishidan biriga to`g`ri keladi.