AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda elektromobillar importi qariyb 5 barobarga oshdi

'O`zbekistonda elektromobillar importi qariyb 5 barobarga oshdi'ning rasmi

Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 6 oyda eng ko`p Xitoydan elektromobil import qilgan.

O`zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 167 mln AQSh dollariga 5 403 ta elektromobil import qilgan.

️Elektromobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4289 taga yoki qariyb 5 barobarga oshgan.

6 oyda eng ko`p elektromobil import qilingan davlatlar:

  •  Xitoy – 4 956 ta

 

  •  Gonkong – 348 ta

 

  •  Germaniya – 57 ta

 

  •  BAA – 16 ta

 

  •  Koreya – 12 ta

 

  •  AQSh – 7 ta

    Boshqa yangiliklar