1

6 oyda qiymati 1 mlrd so`mdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi — Soliq qo`mitasi

Iqtisodiyot 27.07.2023, 10:52
6 oyda qiymati 1 mlrd so`mdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi — Soliq qo`mitasi

2023 yilning yanvar-iyun oylarida o`tkazilgan tekshirishlarda umumiy qiymati 1,2 mlrd so`mga teng alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi 397 ta tadbirkorlik sub`ekti va fuqarolarda jami 42 962 dona 725,7 mln so`mlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi.

Xususan:

- 335 ta tadbirkorlik sub`ektida 30 087 dona 600,8 mln so`mlik;

- 62 nafar fuqaroda 12 875 dona 124,9 mln so`mlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi 286 ta tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qo`yilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 39 680 quti 450,1 mln so`mlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:

- 33 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik sub`ektidagi 15 206 quti 212,3 mln so`mlik;

- 253 nafar fuqarodagi 24 474 quti 237,7 mln so`mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo`llash mumkin

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1