AQShning yirik aloqa operatorlari smartfonlar bozoridagi yirik namoyish tufayli xodimlaridan 13 sentyabr kuni dam olmaslikni so`ragan.
Agar Apple iPhone 15 Pro’ni 13 sentyabrda namoyish etsa, oldindan buyurtmalar katta ehtimol bilan 15 sentyabrdan, sotuvlar esa 22 sentyabrdan boshlanadi.
Avvalgi berilgan ma`lumotlarga ko`ra, iPhone 15 Pro sotuvida gadjet etishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun, Apple eski modellar sotuvini ham boshlaydi. O`tgan yili iPhone 14 Plus sotuvi etkazib berish bilan bog`liq muammolar tufayli boshqa versiyalarga qaraganda deyarli bir oy kechroq boshlangan. Shunga o`xshash kechikish 2020 yilda sodir bo`ldi, bu iPhone 12 Pro Max va 12 Mini`ning chiqarilishiga ta`sir qildi.