1

500 million so`mlik davlat xaridida qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi

Iqtisodiyot 08.08.2023, 11:16
500 million so`mlik davlat xaridida qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi

"Toshkent-donmahsulotlari" AJ buyurtmachiligida 2023 yil 23 iyun kuni “Yuk tashish xizmati ko`rsatish” yuzasidan o`tkazilgan 500,0 mln so`mlik davlat xaridida qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, davlat xaridida ishtirok etgan ikki talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va a`zolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Natijada O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning:

-10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);

-14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi);

-46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yilgan.

Mazkur holatlar bo`yicha 2023 yil 6 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan "Toshkent-donmahsulotlari" AJ tomonidan 24 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1