1

⚡️ Devalvasiya: O`zbekistonda 1 AQSh dollari 12 ming so`mdan oshdi. Markaziy bank izoh berdi

Iqtisodiyot 10.08.2023, 11:16
⚡️ Devalvasiya: O`zbekistonda 1 AQSh dollari 12 ming so`mdan oshdi. Markaziy bank izoh berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistondagi banklarda 1 AQSh dollari 12 ming so`mdan oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan kursi oshishi bo`yicha izoh berdi. 

Ma`lum qilinishicha, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o`tkazmalari kanali orqali so`mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.

Bu, o`z navbatida, eksport va pul o`tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta`sir ko`rsatdi.

Natijada, ichki valyuta bozorida so`m almashuv kursi devalvasiyasi sur`atining biroz tezlashishi – fundamental omillar ta`sirida to`g`rilanishi kuzatildi.

"Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo`yicha etarli instrumentlarga ega bo`lib, zarur hollarda qo`shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.

Mazkur to`g`rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o`sishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o`rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo`ladi", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1