1

Insultni davolashning yangi usuli topildi

Salomatlik 10.08.2023, 22:02
Insultni davolashning yangi usuli topildi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari o`tkir ishemik insultni davolashning elektr miya stimulyasiyasiga asoslangan yangi usulini ishlab chiqishdi.

HD C-tDCS deb ataladigan yondashuv avvaldan ma`lum bo`lgan nevrologik va psixiatrik holatlarni davolash uchun ishlatilgan invaziv bo`lmagan elektr stimulyasiyasining bir turi. Mutaxassislar elektr tokining miyadagi qon oqimiga ta`sir qilishini payqashdi. Keyin ular miyaning insultdan ta`sirlangan qismlariga qon oqimini oshirish, shuningdek, miya to`qimalarini shikastlanishdan himoya qilish uchun HD C-tDCS dan foydalanish mumkinligini taklif qilishdi.

Tadqiqotda qon ketish boshlanganidan keyin 24 soat ichida shifoxonaga yotqizilgan, o`tkir insultni boshdan kechirgan o`n nafar bemor ishtirok etdi. Etti nafar bemor HD C-tDCS muolajasini oldi va uch nafari soxta stimulyasiya orqali davolandi. Shifokorlar miyaning gemodinamik tasvirlaridan foydalangan holda qurilma ta`sir ko`rsatishi kerak bo`lgan, qon oqimi past bo`lgan insult zonasining joylashuvini aniqlashdi.

Natijalar HD C-tDCS bilan davolangan ishtirokchilarda o`rtacha hisobda insultning yadrosini o`rab turgan miya to`qimalarining taxminan 66 foizi saqlab qolinganini ko`rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1