1

Cho`lpon-Ota shahrida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi hukumatlararo qo`shma komissiyaning 10 yig`ilishi bo`lib o`tdi

Siyosat 16.08.2023, 17:47
Cho`lpon-Ota shahrida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi hukumatlararo qo`shma komissiyaning 10 yig`ilishi bo`lib o`tdi

Bugun, 16 avgust kuni Cho`lpon-Ota shahrida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyaning 10 yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida o`tgan yig`ilishda so`nggi yillarda mamlakatlarimiz o`rtasida keng qamrovli va o`zaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, bunda, Davlatlarimiz rahbarlarining qat`iy siyosiy irodalari, muntazamlik kasb etgan do`stona va ishonchli muloqotlari asosiy omil bo`lib xizmat qilayotgani ta`kidlandi.

Qayd etilganidek, o`zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Uning hajmini 2 mlrd dollarga etkazish imkoniyati mavjud. Suv xo`jaligi, energetika, transport, avtomobilsozlik hamda boshqa tarmoqlarda qo`shma kooperasiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv yanada kengaymoqda.

Uchrashuvda sanoat kooperasiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligi, bu borada O`zbekiston-Qirg`iziston taraqqiyot fondi salohiyatidan unumli foydalanish zarurligi ta`kidlandi.

Shuningdek, energetika, suv xo`jaligi, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan o`zaro fikr almashildi.

Tomonlar madaniy-gumanitar, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o`zaro madaniyat kunlari, etnosport festivallari, tadbirlar, konsert va ko`rgazmalar o`tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyaning 10-yig`ilishi yakunlari yuzasidan bayon imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1