1

Ukrainadan 45 nafar bola O`zbekistonga olib kelindi

Siyosat 18.08.2023, 10:13
Ukrainadan 45 nafar bola O`zbekistonga olib kelindi

Ukrainadan dam olish va reabilitasiya uchun 45 nafar bola va 5 nafar hamrohlik qiluvchi guruh O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda mamlakatning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko ma`lum qildi. 

"Ukraina elchixonasining bolalarga psixologik muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlariga har kuni amalga oshirilayotgan havo trevogalari va raketa hujumlarini unutishga yordam berish haqidagi murojaatiga mehr bilan javob bergan O`zbekiston biznes va jamoat tashkilotlari vakillariga katta rahmat", — deydi elchi ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabarida. 

Qayd etilishicha, Xarkov, Xerson, Nikolaev, Zaporoje, Sumi, Xmelniskiy, Lvov va Kievdan kelgan bolalar 12 kun davomida Anor tog` oromgohida dam oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1