1

Messi tarixdagi eng ko`p mukofot olgan futbolchiga aylandi

Sport 20.08.2023, 16:05
Messi tarixdagi eng ko`p mukofot olgan futbolchiga aylandi

Lionel Messi tarixdagi eng ko`p mukofot olgan futbolchiga aylandi. U “Inter Mayami” forvardi faoliyatidagi 44chi unvonini qo`lga kiritib, Liga kubogi g`olibiga aylandi.

“Sports Illustrated” va boshqa bir qator manbalar xabariga ko`ra, 36 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida 43 marta chempion bo`lgan 40 yoshli braziliyalik himoyachi Dani Alvesdan o`tib ketdi.

Messi “Barselona” bilan 10 marta La Liga g`olibi bo`lgan, 4 marta Chempionlar ligasida g`olib chiqqan, 8 marta Ispaniya Superkubogini, 7 marta Ispaniya kubogini qo`lga kiritgan, shuningdek, uch marta klublar o`rtasidagi jahon chempionati va Evropa Superkubogini qo`lga kiritgan.

“PSJ” tarkibida u 2 marta Fransiya chempionati va bir marta mamlakat Superkubogini qo`lga kiritgan.

Argentina terma jamoasi bilan Leo Jahon kubogi, Amerika kubogi, Olimpiada g`olibi, yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionati, shuningdek Finalissima g`olibi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1