1

Afg`oniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Iqtisodiyot 28.08.2023, 11:49
Afg`oniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Joriy yil 26 – 27 avgust kunlari O`zbekiston Transport vaziri I. Maxkamov, O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili I. Irgashev boshchiligidagi delegasiyaning Afg`onistonga safari amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, safar davomida Afg`oniston Transport va fuqaro aviasiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Mullo Hamidullo Oxunzoda bilan "O`zbekiston-Afg`oniston-Pokiston" avtomobil yo`nalishi bo`ylab ekspedisiya amalga oshirildi.

Ekspedisiya jarayonida “O`zbekiston – Afg`oniston – Pokiston” avtomobil yo`nalishidagi, Qobul shahrini Afg`oniston shimoli (Mozori-Sharif) bilan bog`lovchi "Salang" dovoni hamda Afg`oniston va Pokiston chegarasidagi "Torxam" chegara o`tkazish punktidagi vaziyat joyiga chiqqan holda o`rganildi.

Ikki tomonlama muzokaralarda Afg`oniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish, ikki davlat transport logistika korxonalari hamkorligini kuchaytirish, xalqaro avtomobil tashuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Afg`oniston hududi bo`ylab tranzit o`tishga hamda boshqa manzillarga yuk tashishga o`rnatilgan cheklovni olib tashlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o`rtasida va tranzit yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga kelishib oldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1