AsosiyDunyo

Jazoir Marokashga jo`natiladigan yordamlar uchun havo hududini ochishni e`lon qildi

'Jazoir Marokashga jo`natiladigan yordamlar uchun havo hududini ochishni e`lon qildi'ning rasmi

Jazoir o`z havo hududini Marokashga yo`naltiriladigan insonparvarlik va tibbiy parvozlar uchun ochishini e`lon qildi.

O`tgan yili Marokash bilan aloqalarini uzgan qo`shni davlat Marokashda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlariga gumanitar yordam etkazilishini osonlashtirish uchun havo hududini ochishga qaror qilgan.

Shuningdek, Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun zilziladan jabr ko`rgan hududlarga birdamlik belgisi sifatida o`z mamlakatining insonparvarlik yordamini ko`rsatishga to`liq tayyorligini bildirgan.

Ma`lumot uchun, ayni vaqtga qadar zilzila oqibatida mamlakatda 1100 dan ortiq odam halok bo`lgani xabar qilindi.

Marokash harbiylari zilzila qurbonlari va talofatlarini kamaytirish uchun qo`shin va boshqa kuchlarni joylashtirgan.

Bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Isroil, Jazoir va Tunis mamlakat aholisiga yordam berish uchun Marokashga qidiruv-qutqaruv va tegishli mutaxassislarini jo`natishga tayyorligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar