1

Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo`lib o`tgan xalqaro turnirda 2-o`rinni egalladi

Sport 12.09.2023, 14:33
Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo`lib o`tgan xalqaro turnirda 2-o`rinni egalladi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo`yicha an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadigan “Tata Steel India” xalqaro turnirining bu yilgi blis musobaqalarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2-o`rinni egalladi.

Mazkur musobaqaning rapid yo`nalishidagi bellashuvlarda 7-o`rin bilan kifoyalangan Abdusattorov blis o`yinlarida 11 ochko jarg`arishga muvaffaq bo`ldi.  

Turnirni 1-o`rinda yakunlagan Aleksandr Grishuk 12 ochkoga ega chiqdi. 3-o`rin sohibi hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa hamyurtimiz kabi 11 ochkoni qo`lga kirita olgan bo`lsa-da, koeffisientlar hisobida Abdusattorovdan ortda qoldi.  

Turnirning rapid yo`nalishida g`oliblikka erishgan fransiyalik Maksim Vashe-Lagravva blis bahslarini 5-o`rinda, ozarbayjonlik Timur Rajabov so`nggi qatorda yakunladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1