AsosiyJamiyat

9 sinf o‘quvchisi 10 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirdi

Darakchi.uz voqea tafsilotlarini bir joyga to‘pladi.

'9 sinf o‘quvchisi 10 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

Moskva viloyatining Odintsovo shahar hududiga qarashli Uspenskiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ta’lim olishmoqda. Lekin..... kutilmagan voqea tojikistonlik 10 yoshli Qobilning umriga yakun yasadi. Gap shundaki, ushbu maktabning 9-sinfida tahsil oluvchi 15 yoshli Timofey, ta’lim dargohiga harbiylarga xos tarzda kiyinib, pichoq bilan yo‘lida uchragan odamga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Dastlab, yigit maktab qorovuliga qarshi gaz ballonchasini ishlatib maktabga kiradi. Keyin esa kichik sinfdagi o‘quvchilarni qaysi millatdan ekanligini so‘rab tahdid qilishni boshlagan.

Oqibatda millati tojik bo‘lgan 4-sinf Qobil pichoqlab tashlagan. Bolakay olgan jarohatlari natijasida vafot etgan. Bolakayning onasi ushbu maktabda farrosh bo‘lib ishlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum bolakayning egizak aka-ukasi ham aynan shu maktabda tahsil oladi.

Hujumning dastlabki daqiqalarida Qobilning sinf rahbari o‘quvchilarni himoya qilishga uringan. U o‘z tanasi bilan bolalarni to‘sib, e’tiborni chalgitishga harakat qiladi va o‘quvchilarni sinfxonaga yashirib qo‘ygan. Biroq o‘sha daqiqalarda Qobil zina tomon qochgan. Natijada o‘qituvchining e’tiboridan chetda qoladi va Timofeyning qurboniga aylangan. Ayni paytda sinf rahbari tergov organlari tomonidan so‘roq qilinmoqda. U usbu fojia uchun o‘zini aybdor his qilayotganini aytdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisadan so‘ng o‘qituvchi ayol maktab binosidan ko‘z yoshlari bilan .... qo‘llari titragan holda chiqqan.

Shu bilan birga Timofey qorovul va yana bir nechta o‘quvchilarga turli darajada tan jarohati yetkazishga ham ulgurgan. Hozirda jabrlanganlarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan huquq-tartibot organlari, tergovchilar va kriminalistlar yetib borgan. Hujumni sodir etgan o‘smir esa hibsda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan «qasddan qotillik» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov doirasida gumonlanuvchining yashash manzilida tintuv o‘tkazilib, dalillar o‘rganilmoqda. Maktab o‘quvchilarining xavfsizlik chorasini ko‘rish maqsadida evakuatsiya qilinib, yaqin atrofdagi Yoshlar uyiga joylashtirildi. Moskva bolalar huquqlari bo‘yicha vakili barcha bolalar va ularning ota-onalariga psixologik hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Moskva viloyati gubernatori usbu voqeani “o‘ta dahshatli fojia” deb atab, halok bo‘lgan bolaning oilasiga hamdardlik bildirdi. Tergov harakatlari davom etmoqda. Barcha aybdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi aytildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:01

    'Prezident ijtimoiy himoya va bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:49

    Prezident ijtimoiy himoya va bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish hamda bolalar xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ko‘rib chiqdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:02

    'Toshkentda dorixona omborida milliardlab so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:18

    Toshkentda dorixona omborida milliardlab so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

    Tekshiruv davomida yaroqlilik muddati o‘tgan, sertifikatsiyasiz va qalbaki dori vositalari saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

    'Yil boshidan buyon yong‘inlarda qariyb 70 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    Yil boshidan buyon yong‘inlarda qariyb 70 kishi halok bo‘ldi

    FVV rahbari yil davomida yong‘inlar oqibatida o‘nlab fuqarolar hayotdan ko‘z yumganini ma‘lum qildi.

    'Isroil Z avlodiga moʻljallangan kontent uchun 6 million dollarlik shartnoma tuzdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:03

    Isroil Z avlodiga moʻljallangan kontent uchun 6 million dollarlik shartnoma tuzdi

    Isroil hukumati yosh auditoriyaga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan raqamli kontent yaratish uchun AQShdagi mediakompaniya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.