AsosiyDunyo

Россияда ўлдирилган 10 ёшли Қобилжон Тожикистонга дафн этилади

Москва яқинидаги мактабда пичоқлаб ўлдирилган 10 ёшли тожикистонлик боланинг жасади ватанига юборилади.

'Россияда ўлдирилган 10 ёшли Қобилжон Тожикистонга дафн этилади'ning rasmi

Rossiyaning Moskva viloyati Odintsovo shahar okrugiga qarashli Gorki-2 posyolkasidagi maktabda halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning jasadi Tojikistonga yuboriladi. Marhum to‘rtinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Qobiljonning otasi bir necha yil avval vafot etgan. Oilada undan tashqari, ayni maktabda tahsil olayotgan akasi ham bor. Oila yaqinlarining aytishicha, bolalarning onasi hujum sodir bo‘lgan Uspenskiy maktabida to‘rt yil davomida farrosh bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni ertalab 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan bostirib kirib, qo‘riqchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchisiga hujum qilgan. Oqibatda 10 yoshli bola voqea joyida halok bo‘lgan, qo‘riqchi esa tan jarohati olgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) hamda 30-modda 3-qismi va 105-modda 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirishga urinish) bilan jinoyiy ish qo‘zg‘atgan. Gumonlanuvchi 15 yoshli o‘smir qo‘lga olinib, aybini tan olgani bildirilgan.

17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi usbu voqeani keskin qoralab, marhum bolaning yaqinlariga hamdardlik bildirdi hamda Rossiya tomonini hodisani xolis va to‘liq tergov qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar