AsosiyDunyo

Evroparlament Lukashenkoni hibsga olishga chaqirdi

'Evroparlament Lukashenkoni hibsga olishga chaqirdi'ning rasmi

Evroparlament Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan viloyatlaridan bolalarni noqonuniy olib chiqishda ishtiroki qayd etilgan rezolyusiyasini qabul qildi. Bu haqda Evroparlament saytida ma`lum qildi.

Aytilishicha, 2150 dan ortiq bolalar, jumladan, etim bolalar bosib olingan Ukraina hududlaridan Belarusga ko`chirilib, ularning ongi noto`g`ri ma`lumotlar bilan “zaharlangan”.

Hujjatda Evroparlamentning ushbu jinoyatdan xavotiri haqida so`z boradi. Shuningdek, Evropa Ittifoqi vakillari Xalqaro jinoiy sudni Aleksandr Lukashenkoni hibsga olish uchun xalqaro order berish masalasini ko`rib chiqishga chaqirgan.

Evroparlament Lukashenko rejimining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga aralashuvini, shuningdek, uning nafratli nutqi, dezinformasiyasi va Moskva da`volariga mos keladigan tashviqotini qoralagan. Deputatlar Lukashenko rejimiga Rossiya o`q-dorilari va harbiy texnikasining ko`p miqdorda etkazib berilishi, shuningdek, Rossiya qo`shinlarining Belarus hududiga kiritilishidan xavotirdaligini bildirgan.

“Maxsus xalqaro tribunal nafaqat Putin va Rossiya siyosiy va harbiy rahbariyati, balki Belarus rahbariyatining ham jinoyatlarini tergov qilish vakolatiga ega bo`lishi kerak”, deyiladi hujjatda.

    Boshqa yangiliklar