AsosiyIqtisodiyot
4966

O`zbekistonda valyuta operasiyalariga qo`yilgan cheklovlar bekor qilindi

'O`zbekistonda valyuta operasiyalariga qo`yilgan cheklovlar bekor qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Markaziy banki tijorat banklari va tadbirkorlik sub`ektlariga qo`yilgan valyuta operasiyalari bo`yicha yangi cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda bugungi matbuot anjumanida MB raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma`lum qildi.

Bir muddat avval Markaziy bank 18 sentyabrdan boshlab tijorat banklari uchun valyuta operasiyalariga qo`yiladigan talablarni kuchaytirayotgani ma`lum qilingandi. 

Unga ko`ra, Markaziy bankning talabi bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar valyuta operasiyalarini faqat asosiy hisobvarag`i ochilgan bankda amalga oshira olishi belgilangandi. Tadbirkorlar xorijiy valyuta sotib olish uchun bankning tegishli tuzilmasidan ijobiy xulosa olishi kerak edi. Banklar yangi talablarni bajarmagan taqdirda valyuta birjasidagi ishtiroki cheklab qo`yilishi haqida ogohlantirilgan.

Endi esa banklarga 15 sentyabrda qabul qilingan qarorni ijrosiz qoldirish lozimligi bildirildi. 

“Jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan, qabul qilinmagan har qanday qaror bekor qilinadi. Markaziy bank yuridik shaxslarning valyuta sotib olishiga doir cheklovlar bekor qilingani to`g`risida tijorat banklariga ko`rsatma xati yuborgan.

O`zbekistonda valyuta operasiyalariga qo`yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi",- degan Markaziy bank boshqaruv raisi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar