AsosiySavol-javob

“Ovqatga soch tolasi tushsa, harom bo`ladimi?”

— Ovqatga soch tolasi tushsaharom bo`ladimi? Masalan, suyuq ovqatning ichiga tushsa, u sochni olib tashlash kifoya qilmaydimi?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Insonning soch tolasi pokdir. Bunda odam tirik yoki o`lik bo`ladimi, soch inson boshidami yoki olinganmi, farqi yo`q. Agar odamning soch tolasi taomga tushsa, hechqisi yo`q, olib tashlab iste`mol qilish mumkin. 

Boshqa yangiliklar