AsosiyDunyo

Amudaryo suvidan foydalanish Afg`onistonning huquqi ekanligi aytildi

'Amudaryo suvidan foydalanish Afg`onistonning huquqi ekanligi aytildi'ning rasmi

 Afg`oniston Amudaryo havzasidagi hech bir davlat bilan kelishuvi yo`qligini, suv resurslaridan foydalanish Afg`onistonning huquqi ekanligini bildirdi.

Energetika va suv vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Latif Mansurning aytishicha, Afg`onistonning amaldagi hukumati qo`shni davlatlar xavotirlarini bartaraf etish uchun Amudaryo suvi muammosini muhokama qilishga tayyor.

"O`z xavotirlarini bildirganlar kelishuv asosida shunday qilishlari kerak, biroq Afg`onistonning bu erda hech kim bilan suvga oid shartnomalari yo`q, bizda ham bu sohada hech qanday kelishuv yoki shartnomalar bo`lmagan. Bitim buzilgan taqdirda. Biz o`z xavotirlarimizni bildiramiz.Hozirgi vaziyatda Amudaryo havzasida hech kim bilan kelishuvimiz yo`q”, — dedi Mansur.

Bu uch kun muqaddam O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qushtepa kanali qurilishi yuzasidan xavotir bildirar ekan, uning “ishga topshirilishi” Markaziy Osiyodagi suv balansini tubdan o`zgartirishi mumkinligini aytgan edi.

Shu bilan birga, bir qancha iqtisodchilar va suv xo`jaligi mutaxassislari hozirgi qurg`oqchilik inqirozi tufayli mamlakatning turli qismlarida suv to`g`onlari qurish va suv resurslaridan foydalanish zarurligini ta`kidladilar.

 

    Boshqa yangiliklar