AsosiyDunyo

Turkiyada o`zbekistonlik ayol turk eri tomonidan vahshiylarcha o`ldirildi (video)

'Turkiyada o`zbekistonlik ayol turk eri tomonidan vahshiylarcha o`ldirildi (video)'ning rasmi

Turkiyada o`zbekistonlik bo`lgan ayol shar`iy nikohdagi turmush o`rtog`i tomoni tomonidan o`ldirildi, deya xabar berdi mamlakat OAVlari. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston fuqarosi bo`lgan 46 yoshli Adilova Barno Dyuzje shahrida turkiyalik 68 yoshli turmush o`rtog`i bilan birga yashab kelgan. Ular o`rtasida yuzaga kelgan janjal sabab erkak ayolni pichoqlagan. Shundan so`ng erkakning o`zi tez yordam xizmatiga qo`ng`iroq qilib, vaziyatni ma`lum qilgan.

Voqea joyiga polisiya va “tez yordam” etib kelgan, biroq tekshiruvda ayolning vafot etgani aniqlangan. 

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar