Rossiya Qozog`istonga 5 milliard kVt/soatga yaqin elektr eksport qiladi

Dunyo 25.09.2023, 21:57
Rossiya Qozog`istonga 5 milliard kVt/soatga yaqin elektr eksport qiladi

Rossiya energetika kompaniyasi yil oxirigacha Qozog`istonga bir necha milliard kilovatt-soat energiya etkazib berishni rejalashtirmoqda.

Qozog`iston Rossiyaning Inter RAO kompaniyasidan 5 milliard kilovatt-soatga yaqin elektr energiyasini olishi mumkin bo`ladi.

Kompaniya vakili Aleksandra Panina Rossiyaning elektr energiyasi bozorining ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Bozor kengashi konferensiyasi doirasida Qozog`istonga Rossiya elektr energiyasi etkazib berishning prognoz hajmini e`lon qilgan.

"5 milliard kilovatt-soatdan sal kamroq", dedi u Qozog`istonga yil oxirida elektr energiyasi eksporti prognozi haqidagi savolga javob berib.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1