1

O`zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni ikki baravar ko`paydi — O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi

Iqtisodiyot 04.10.2023, 09:47
O`zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni ikki baravar ko`paydi — O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakatda Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni uch mingga yaqinlashayotgani, so`nggi uch yilda esa bu ko`rsatkich ikki barobarga oshganini aytdi. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta`kidlagan.

Unga ko`ra, hozirda Rossiya O`zbekiston iqtisodiyotiga “etakchi investorlardan biri” hisoblanadi.

Joriy yilning iyul oyida AQSh moliya vazirligi O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va Tojikistonni Rossiyaga sanksiya qo`yilgan tovarlar etkazib berishi mumkin bo`lgan davlatlar ro`yxatiga kiritgan edi. Shu bilan birga, keyinroq Amerikaning Toshkentdagi elchisi Daniel Rozenblyum O`zbekiston hukumati sanksiyalarga rioya qilish istagini “aniq tasdiqlaganini” aytgan. Evropa Ittifoqining sanksiyalar bo`yicha maxsus vakili Devid O'Sallivan, o`z navbatida, agar o`zbek kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam bersa, ularga nisbatan cheklov choralarini qo`llashga ruxsat beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1