AsosiyDunyo
10088

Mashhur xonanda 300 marotaba o`tkazilgan plastik operasiyadan keyin vafot etdi

Buyuk Britaniyalik 57 yoshli, Dead or Alive guruhi yakkaxoni Pit Berns navbatdagi plastik operasiyadan keyin vafot etdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Pit Berns 1985 yilda chiqqan “You Spin Me Round” singlidan keyin mashhur bo`lib, jahon musiqa dunyosiga tanilgan. Uning tashqi qiyofasi ham o`ziga xos bo`lgan. Yoshligi, go`zalligini saqlab qolish maqsadida 20 yoshdan boshlab, 300 dan ortiq plastik operasiyalarini boshdan kechirgan va “Zamonaviy Frankshteyn”, degan nomga sazovor bo`lgan. 

Ammo keragidan ortiq o`tkazilgan plastik operasiyalar uning organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Tinimsiz o`tkazilgan plastik operasiyalar uni go`zal qilishning o`rniga dahshatli maxluqqa aylantirib qo`ygan. Bergan so`nggi intervyularida buni uning o`zi ham tan olgan.















Boshqa yangiliklar