1

75 mingdan ziyod nogironligi bo`lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisoblanib, 300 ming so`mgacha oshirildi

Iqtisodiyot 09.10.2023, 10:09
75 mingdan ziyod nogironligi bo`lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisoblanib, 300 ming so`mgacha oshirildi

2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo`lgan shaxslar pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib 300 ming so`mgacha oshgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik ish staji mavjud bo`lgan taqdirda ish staji va ish hakilarini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqilmoqda.

Natijada, 2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo`lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib o`rtacha 300 ming so`mgacha oshdi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023 yil 1 yanvardan e`tiboran Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan yiliga qo`shimcha ravishda o`rtacha 275 mlrd so`m mablag` ajratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1