1

Kinematografiya agentligi direktori maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Madaniyat 12.10.2023, 20:59
Kinematografiya agentligi direktori maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Kuni kecha Ozarbayjonda yopilish marosimi bo`lib o`tgan Turkiyaning "Korkut ota" kinofestivalida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxalikov  turkiy dunyo kinematografiyasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, rejissorlar Muzaffarxon Erkinov ("Abdulla Oripov" badiiy film) va Shuhrat Mahmudov ("Mening doiram" hujjatli film) "Korkut ota" kinofestivalining "Eng yaxshi ssenariy" hamda "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyalari bo`yicha taqdirlandi.

️Har yili Turkiyada o`tkazilib kelinayotgan kinofestival bu yil Ozarbayjonda tashkil etildi. Festival tashkilotchilarining ma`lumotlariga ko`ra, "Korkut ota" kinofestivali endilikda turkiy davlatlarning  har birida o`tkaziladi. “Korkut ota” aslida Xalqaro turkiy tilli mamlakatlar kinofestivali bo`lib, bu turk dunyosi mamlakatlari tarixidagi birinchi kinofestival bo`lganligi bilan ahamiyatli. U  IX-X asrlarda Sirdaryo sohilidagi dashtlarda yashab o`tgan o`g`uz turklarining mashhur shoiri, baxshisi Qo`rqut ota (Dede Korkut) sharafiga nomlangan. Qo`rqut ota qadim musiqiy asbob — qo`bizning ixtirochisi ham sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1