AsosiySalomatlik
6349

Sochlaringizni sog`lomlashtirish uchun 6 tavsiya

1. Agar shampunga E vitaminidan solsangiz, sochlaringizning to`kilishi va sinishi to`xtaydi.

2. Vitaminlarga boy mahsulotlarni iste`mol qilish ham sochlaringiz salomatligini ta`minlaydi.

3. A vitamini immunetitetni oshirish hisobiga soch to`kilishi, qazg`oqqa qarshi kurashib, ularga jilo bag`ishlaydi. Kuniga 1,0 mg. A vitamini qabul qilishingiz kerak. Jigar, sariyog`, tuxum sarig`i, qaymoq va sut tarkibida bor.

4. V2 vitamini sochlaringizga sog`lom ko`rinishi bag`ishlaydi. Agar organizmda uning tanqisligi kuzatilsa, sochlaringiz tez yog`lanib, uchlari quruqlashadi. Sut mahsulotlari, tuxum, non, go`sht va jigar tarkibida mavjud bo`lgan ushbu vitaminni kuniga 2 mg. qabul qiling.

5. V3 vitamini esa sochlar ranggiga javob beradi. Uning etishmasligi sochlaringizning sekin o`sishi va tez oqarishiga sabab bo`ladi. Kuniga 50-100 mg. qabul qilish kerak. Er yong`oq, baliq, jigar va mol go`shti tarkibida serob.

6. Sochlaringizda qazg`oq ko`paygan bo`lsa, demak, V6 vitaminiga ehtiyoj sezayapsiz. Banan, yong`oq, kartoshka, karam, tovuq va baliq go`shti, jigar, tuxum, sabzavotlarni ko`proq iste`mol qiling.

Boshqa yangiliklar