Falastin Sog`liqni saqlash vazirligi 4137 kishi halok bo`lganini ma`lum qildi, Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi 1400 kishi o`lganini ma`lum qildi. Bu haqda The News International Falastin sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 20 oktyabr holatiga ko`ra, Hamas hujumidan keyin kuchaygan Falastin-Isroil mojarosi paytida G`azo sektori va G`arbiy Sohilda qurbonlar soni 4137 kishiga etgan, 13 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Bu raqamga 18 oktyabr kuni Al-Ahli shifoxonasiga hujumda halok bo`lganlar kiradi.
Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi 1400 kishi halok bo`lgani va 4834 kishi jarohat olganini ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Xamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida XAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.






