AsosiyJamiyat

Fransiya prezidenti O`zbekistonga keladi

'Fransiya prezidenti O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023 yilning 2 noyabr kuni Qozog`istonga tashrifi yakunlanganidan so`ng O`zbekistonga keladi. Bu haqda AFP Elisey saroyidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiya Qozog`iston va O`zbekistonni islohotlar va modernizasiya yo`lida qo`llash, ushbu mamlakatlarning xalqaro munosabatlarini diversifikasiya qilishga hissa qo`shish, ularning mustaqilligi va suverenitetini qo`llab-quvvatlash, shuningdek, Evropa bilan munosabatlarini mustahkamlashda ishtirok etish niyatida.

Fransiyani Markaziy Osiyoning ikki davlati bilan yaqinlashtirgan jihat iqtisodiy sohada, xususan, energetika sohasida muhim materiallar etkazib berish, transport, sog`liqni saqlash, qishloq xo`jaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilish maqsadi ekani ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar