1

Endi qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin

Salomatlik 02.11.2023, 13:49
Endi qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin

Mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi ma`lum davr oralig`ida bir xil iborani takrorlab, o`z tovushini yozib oladi. Shundan so`ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sun`iy intellekt tomonidan tahlil qilinadi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda

Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assosiasiyasi ko`rsatmalariga muvofiq, jami 267 nafar kishi — qandli diabetga chalinmagan 79 ayol va 113 erkak hamda ushbu kasallik tashxisi qo`yilgan 18 ayol hamda 57 erkak jalb qilindi.

Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan ma`lum bir iborani talaffuz qilib, o`z smartfonlariga yozib oldi. Natijada 18 ming 465 ta audioyozuv paydo bo`ldi.

Sun`iy intellektning bu boradagi imkoniyatlarini baholagan tadqiqotchilar sog`lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.

Ma`lum bo`lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.

Mutaxassislar fikricha, yangi dasturning ovoz orqali kasallikka tashxis qo`yish aniqligi erkaklarda 89 foiz, ayollarda esa 86 foizni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1