1

Shavkat Mirziyoev Samarqandda o`tayotgan O`zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 02.11.2023, 15:54
Shavkat Mirziyoev Samarqandda o`tayotgan O`zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqandda o`tayotgan O`zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o`tkazdi.

«EDF» dunyodagi atom elektr stansiyalarini boshqarish bo`yicha eng yirik kompaniya bo`lib, aktivlari qiymati 427 milliard dollarni tashkil etadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish bilan shug`ullanadi.

Suhbatda Prezidentimiz kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi bug`-gaz elektr stansiyalarini qurishda ishtirok etayotganini qo`llab-quvvatladi, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1