1

Amerikalik afsonaviy bokschi Evander Xolifild Toshkentga keldi

Sport 12.11.2023, 16:52
Amerikalik afsonaviy bokschi Evander Xolifild Toshkentga keldi

Boks afsonasi Evander Xolifild Toshkentga keldi. Bu haqda O`zbekiston Professional boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida butunjahon boks uyushmasining (WBC) 61-Konvensiyasi bo`lib o`tadi. Unda ishtirok etish maqsadida dunyoning bir qator ko`zga ko`ringan sportchilari, blogerlar, bokschilar va sobiq bokschilar O`zbekistonga kelmoqda.  

Xususan, 11 noyabr kuni birinchi hamda superog`ir vazn toifalarida mutlaq sobiq jahon chempioni Evander Xolifild Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.  

Shuningdek, engil vazn toifasida WBC chempioni, WBA va IBF kamarlari sohibi, meksikalik taniqli bokschi Xulio Sezar Chaves Toshkentga etib kelgan.

Avstraliyalik sobiq jahon chempioni Billi Dib esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida WBC tashkilotining yillik Konvensiyasida ishtirok etish uchun O`zbekiston tomon yo`lga otlanganini ma`lum qilgan.  

Bundan tashqari, Toshkentga kelishi kutilayotgan ukrainalik superog`ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo`nalishlarida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik ham o`zbek tilida o`z salomini yo`lladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1