O`zbekiston xalq artisti, O`zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Sankt-Peterburgda o`tgan Birlashgan madaniyatlar forumi doirasida Rossiya Federasiyasi Madaniyat vaziri Olga Lyubimova bilan suhbat chog`ida bir jinsli nikoh va boshqa tashqi tahdidlarga qarshi turish yo`lini aytdi.
“Madaniy xilma-xillikni saqlagan holda madaniy merosimiz va qadimiy an`analarimizni asrab-avaylash va xalqaro madaniy almashinuvni kuchaytirish – bir jinsli nikohlar, noaniq pop madaniyat an`analari, qalbaki san`at va yoshlar ongiga salbiy ta`sir ko`rsatishga qaratilgan adabiy obrazlar yaratishga urinishlar kabi turli ehtimoliy tashqi tahdidlarga qarshi turishning muhim omili hisoblanadi. Yuqoridagilarning barchasi madaniyatga bevosita tahdid soladi. Shu nuqtayi nazardan, insoniyatning ma`naviy rivojlanishining kelajagi bevosita madaniyatlarning sofligi va haqiqiyligini saqlashga bog`liq”, degan Nazarbekov.
Vazir O`zbekistonda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotgani, ularning madaniyat markazlari mavjud bo`lib, ularga o`z madaniyatini erkin namoyish etish imkoni berilayotganini alohida urg`ulagan.