Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “Q.N.” MChJning moddiy javobgar shaxslari o`zlariga ishonib topshirilgan 1,4 mlrd so`mlik 4 231 ta chorva mollarini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek MChJ sobiq rahbari F.D. ta`sischilarning xabardorligisiz soxta ma`lumotlar rasmiylashtirib MChJ binosini “F.F.” MChJga bank muassasasidan ajratilgan 550 mln so`m kreditiga garov ta`minotiga qo`yib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
20.11.2023 19:40
Qorako`lda MChJning moddiy javobgar shaxslari 1,4 mlrd so`mlik chorva mollarini o`zlashtirgani aniqlandi
