1

Bugundan BHM miqdori o`zgardi. Kim qancha ijtimoiy soliq to`laydi?

Iqtisodiyot 01.12.2023, 22:18
Bugundan BHM miqdori o`zgardi. Kim qancha ijtimoiy soliq to`laydi?

Bugundan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so`mni tashkil etadi. Soliq qo`mitasi matbuot xizmati endilikda kim qancha ijtimoiy soliq to`lashini ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, BHM o`zgarishi munosabati bilan 2023 yil 1 dekabrdan keyingi davrlar uchun ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to`lanadi:

- yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 340 000 so`m;

- savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so`m;

- boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so`m;

- oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):

- YTT sifatida ro`yxatdan o`tgan oila a`zosi – oyiga 340 000 so`m;

- oilaning boshqa a`zolari (18 yoshga to`lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 so`m;

- o`zini o`zi band qilgan shaxslar ixtiyoriy asosda 1 dekabrga qadar – yiliga 340 000 so`m;


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1