1

Shahrisabzda 32,5 mln so`mlik markirovkalanmagan maishiy texnikalar sotuvga qo`yilgani aniqlandi

Iqtisodiyot 04.12.2023, 10:03
Shahrisabzda 32,5 mln so`mlik markirovkalanmagan maishiy texnikalar sotuvga qo`yilgani aniqlandi

Soliq organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o`tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari davomida hududdagi savdo do`konida 12 turdagi 15 dona jami 15,5 mln so`mlik markirovkasiz hamda 28 turdagi 33 dona jami 105,8 mln so`mlik markirovkasi boshqa korxonaga tegishli maishiy texnika mahsulotlari sotuvga qo`yilgani aniqlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko`rsatayotgan fuqaroga tegishli savdo do`konida o`tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida 18 turdagi 30 dona jami 16,9 mln so`mlik markirovkasiz hamda 33 turdagi 50 dona jami 95,6 mln so`mlik markirovkasi boshqa korxonaga tegishli maishiy texnika mahsulotlari sotilayotgani ma`lum bo`ldi.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Soliq mobil ilovasi orqali tovarlarning markirovka kodlarini  tekshirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1