AsosiyDunyo
2460

AQShda kuchli tornado yuz berdi (video)

'AQShda kuchli tornado yuz berdi (video)'ning rasmi

AQShning Tennessi shtatida kuchli tornado va bo`ronlar yuz berdi. Oqibatda kamida olti kishi halok bo`lgan, 28 kishi jarohatlangan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Bundan tashqari, ko`plab uylar vayron bo`ldi, 60 mingga yaqin mahalliy aholi elektr ta`minotidan uzildi. Tabiiy ofat asosan shtatning janubiy hududlariga zarar etkazdi.

Shtat poytaxti Neshvillning shimoliy chekkasida uch kishi halok bo`ldi.  Neshvilldan 50 mil shimoli-g`arbda joylashgan Klarksvillda ham 3 kishi halok bo`lgan,  o`nlab odamlar yaralangan.

Klarksvill meri Jo Pitts favqulodda holat va komendantlik soati e`lon qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar