1

Toshkentdagi do`konlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaydi

Iqtisodiyot 15.12.2023, 12:22
Toshkentdagi do`konlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari  2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o`zgarishini ko`rib chiqdi. Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo`yicha o`tgan oydagiga nisbatan minimal narxlar pasayganligini ko`rsatdi

Unga ko`ra, oq karamning narxi 22,0 foiz, guruchning narxi 15,6 foiz, qizil sabzining narxi 10,0 foiz, kungaboqar yog`ining narxi 7,4 foiz, sariq piyozning narxi 6,8 foiz, margarinning narxi 6,6 foiz, limonning narxi 5,6 foiz, lavlagining narxi 5,1 foiz pasaygan.

4 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxining oshishi yaqqol seziladi. Shuni ta`kidlash kerakki, xuddi shunday tendensiya o`tgan yilda ham kuzatilgandi. Bu esa ushbu mahsulotlarni bozorga etkazib berishda mavsumiy omillarning ta`siri borligidan dalolat beradi.

9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o`zgarishsiz qolgan. Ularning orasida grechka, sut, bug`doy uni va boshqalar bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1