1

Qamoqdagilar Prezident saylovida ishtirok etadimi?

Savol-javob 07.11.2016, 17:11
Teglar: Savol-javob
Qamoqdagilar Prezident saylovida ishtirok etadimi?

“Eshitishimcha, bu yil saylovda qamoqdagilar ham ovoz berishi mumkin ekan. Shu to`g`rimi? Yana qanday o`zgarishlar kiritilgan?”

Viloyat Muzaffarova, Termiz shahri

Markaziy salov komissiyasi matbuot xizmati:

—  O`zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi 396-son O`RQ “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonuniga muvofiq “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonuniga bir qator o`zgartirsh va qo`shimchalar kiritildi.

Jumladan, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda harakatlar kuzatuvchilariga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilishi belgilangan.

Shuningdek, saylov uchastkalari qamoqda saqlash joylarida tashkil etilishi mumkin.

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o`n sakkiz yoshga to`lgan, ro`yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilgan O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar ro`yxatiga kiritiladilar.

Har bir fuqaroga ro`yxatga kiritilmaganlik, noto`g`ri kiritilganlik yoki ro`yxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek ro`yxatda saylovchi to`g`risidagi ma`lumotlarni ko`rsatishda noaniqlikka yo`l qo`yilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan ko`rib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan yigirma to`rt soat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol ko`rib chiqadi.

Shuningdek, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, turlari, shakllari va usullariga aniqlik kiritilgan. Saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki saylovdan bir kun oldin ham olib borish taqiqlanishi belgilangan.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1