1

O`zbekiston Afg`onistonga elektr etkazib berish muddatini uzaytirdi

Iqtisodiyot 15.12.2023, 21:29
O`zbekiston Afg`onistonga elektr etkazib berish muddatini uzaytirdi

O`zbekiston va Afg`oniston elektr energiyasi etkazib berish bo`yicha kelishuvni 2024 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda spot.uz sayti Afg`oniston energetika kompaniyasi (DABS)ning matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

14 dekabr kuni “Milliy elektr tarmoqlari” va Afg`oniston energetika kompaniyasi vakillari O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berish masalasini muhokama qildi.

“DABS” prezidenti elektr energiyasi tariflarini pasaytirish, kompaniya xodimlarining viza muammolarini hal qilish va Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini qayd etgan.

Afg`oniston tomoni energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovdan mamlakatda aholi xonadonlari, tadbirkorlar va davlat muassasalari elektr energiyasi taqchilligiga duch kelayotgani sababli energetika sohasidagi infratuzilma muammolarini hal etish va elektr energiyasi etkazib berish hajmini oshirishni so`radi.

Mirzamahmudov O`zbekistonda energiya ta`minotida texnik muammolar mavjudligini ta`kidladi. Shu bilan birga, vazir uchta energetika obekti ta`mirlangach, elektr energiyasi ta`minoti tiklanishini qayd etgan.

Vazirning so`zlariga ko`ra, mamlakat elektr energiyasini Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistondan yuqori narxda sotib oladi va elektr energiyasi esa gaz va neft orqali ishlab chiqariladi, bu esa tannarxni oshiradi

Energetika vazirligi rahbari Afg`onistondan ko`mir va neft sotib olishga ham tayyorligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1