Liviya qirg`oqlari yaqinida halokatga uchragan kema halokatida kamida 61 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkilotining Liviya bo`limi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog`ida xabar berdi.
“Liviya qirg`oqlari yaqinida fojiali kema halokatga uchrashi oqibatida 61 nafar muhojir, jumladan, ayollar va bolalar halok bo`ldi”, — deyiladi xabarda.
Xabarga ko`ra, cho`kib ketgan qayiqdagi yo`lovchilarning aksariyati Nigeriya, Gambiya va boshqa Afrika mamlakatlari fuqarolari bo`lgan. Xalqaro migrasiya tashkiloti vakillari omon qolganlarga tibbiy yordam ko`rsatdi, 25 kishi Tripoli yaqinidagi hibsxonaga jo`natildi.






